Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama XOQ va FIFAdagi korrupsiyadan shikoyat qildi
AQSh Prezidenti Barak Obama Xalqaro olimpiya qo‘mitasining olimpiada mezbonlarini aniqlashdagi qarorlari korrupsiya borasida shubhalar uyg‘otishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Rappler nashri xabar tarqatgan.
Davlat rahbari New York Magazine uchun bergan intervyusida 2016 yilgi Olimpiada mezbonini aniqlash jarayoni haqida eslab o‘tgan.
"Barcha mening Kopengagenga uchishim bizning imkoniyatlarimizni oshirishi va bu safar qilishim uchun arzirli sabab ekani haqida aytgandi. Shu tufayli men o‘shanda Kopengagenga uchgandim. Alaloqibat ko‘rdimki, XOQning qarorlari FIFAniki kabi qabul qilinar ekan. Ular - anchayin insofsiz" degan Obama.
2009 yilning oktabrida Daniya poytaxtida XOQ sessiyasi o‘tkazilgan, unda Rio-de-Janeyro, Chikago, Madrid va Tokio shaharlari orasida 2016 yilgi Olimpiada mezboni aniqlangandi. Obama o‘shanda Chikagoni qo‘llab-quvvatlash uchun Kopengagenga uchib borgandi.
2017 yilning 15 sentabr kunida XOQ Peruning Lima shahrida 2024 yilgi yozgi olimpiada mezbonini aniqlaydi. 2024 yilgi Olimpiada mezbonligi uchun Parij, Budapesht va Los-Anjyeles da'vogarlik qilmoqda.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
16:55 / 11.04.2025
2028 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ayol sportchilar birinchi marta ko‘pchilikni tashkil qiladi
20:46 / 25.03.2025
Blatter va Platini moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha yana oqlandi
08:42 / 22.03.2025