Jahon | 18:56 / 04.10.2016
11816
2 daqiqa o‘qiladi

Obama Marsga uchmoqchi bo‘lgan Di Kaprioni tentak deb atadi

AQSh prezidenti Barak Obama Hollivud aktyori Leonardo DiKaprioni Marsga uchmoqchi bo‘lgani uchun "aqldan ozgan" deb atadi. Bu haqda Mashasble xabar bergan.

Bu hodisa Oq uy hududida o‘tgan South By South Lawn festivali doirasida ro‘y bergan. Prezident va aktyor uchrashib, DiKaprioning "Toshqindan avval" filmini muhokama qilishgan.

Muhokamada ekolog Katarin Xeyxou ham ishtirok etgan.

Ular o‘zaro suhbat vaqtida Ilon Maskning odamlarni Marsga olib chiqish bo‘yicha rejasi haqida ham gaplashishgan.

"Umid qilamanki, bu yerdagilardan hech kim uning loyihasida ishtirok etmas? Buning uchun odam tentak bo‘lishi kerak", degan Xeyxou.

Di Kaprio esa bunga javoban shunday degan: «Masalan, men qo‘shilaman».

Doktor Xeyxou buni hazil sifatida qabul qilmoqchi bo‘lgan. Ammo suhbatga Obama qo‘shilgan.

«O‘ylaymanki, siz hali anglamadingiz, u g‘irt tentak», — degan prezident.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid