Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya TIV: AQSh Suriyada hokimiyatni o‘zgartirish uchun "iblis bilan bitim tuzishga ham tayyor"
Rossiya tashqi ishlar vazirligida agar Suriya terrorchilarning yangi zarbalari obektiga aylansa, bunda ayb Rossiya bilan Suriya masalasi bo‘yicha hamkorlikni to‘xtatgan AQSh zimmasida bo‘ladi, deb hisoblanmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Agar Suriya AQSh qarorlari oqibatida terrorchilarning yangi zarbalari obektiga aylansa, bunda ayb Oq uy zimmasida bo‘ladi. Tanlov Vashington ortidan, u yerda Suriya xalqi uchun qanday kelajak istalayotgani aql bilan tarozuga solinishi kerak", deyildi Rossiya tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Bundan tashqari, vazirlikda Moskvada AQSh Suriyadagi tuzumni almashtirish uchun terrorchilar bilan ittifoqqa borishga va "iblis bilan bitim tuzishga ham tayyorligi" xususida taassurot kuchaymoqda.
"Vashington Damashqda hokimiyatni almashtirish istagida "iblis bilan bitim tuzishga" – tarixni orqaga o‘girishni istovchi va o‘zining vahshiy me'yorlarini kuch bilan o‘tkazmoqchi bo‘lgan ashaddiy terrorchilar bilan ittifoq tuzishga ham tayyor", deyildi vazirlikda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025