Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp qanday qilib 18 yil soliq to‘lamay ishlaganiga izoh berdi
AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampning bayonotiga ko‘ra, u AQShning soliq qonunchiligidan o‘zi uchun ajoyib tarzda foydalangan. Va bu uning kompaniyasiga ko‘chmas mulk bozoridagi murakkab davrdan o‘tib olishiga yordam bergan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
«Men ko‘chmas mulk bozoridagi inqirozdan kompaniyani qutqarish uchun ushbu mamlakatning soliq qonunlaridan samarali foydalandim. O‘shanda, juda ozchilik shunday yo‘l tutishga tayyor edi», — degan Tramp Kolorado shtati Pueblo shahrida bo‘lib o‘tgan mitingda.
Avvalroq, The New York Times (NYT) gazetasi yozganidek, Tramp 1995 yili salkam 1 mlrd dollar zarar ko‘rganini soliq deklaratsiyasida ko‘rsatgan, bu esa kelgusi 18 yil mobaynida qonuniy ravishda soliq to‘lamasligiga asos bo‘lgan.
Nashrga ko‘ra, Trampning zarar ko‘rishiga, bir necha loyihalar yuzasidan muvaffaqiyatsizlikka uchragani, xususan, uchta kazinoni samarasiz boshqarish, aviatashish biznesiga urinish va Nyu Yorkdagi Plaza mehmonxonasini bevaqt xarid qilish sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025