Sport | 15:07 / 04.10.2016
8959
1 daqiqa o‘qiladi

Video: «Seltik» U-20 jamoasida 13 yoshli talant o‘zini ko‘rsatmoqda

Shotlandiyada 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat jamoalar o‘rtasidagi turnirda «Seltik» va «Harts» jamoalari o‘zaro bellashdi. Bu uchrashuvda «Seltik» safida 13 yoshli hujumchi Karamoko Dembele ham bor edi. Bu haqda The Daily Mirror xabar tarqatgan.

Futbolchi uchrashuvning 81-daqiqasida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan va jamoaning 3:1 hisobidagi g‘alabasida o‘z hissasini qo‘shgan.

Dembele o‘z yosh toifasidagi jamoadagi o‘yinlardagi harakatlari evaziga «Seltik» U-20 jamoasiga chaqirilgan. Bu jamoa Shotlandiya U-20 o‘zagi hisoblanadi. 

Mavzuga oid