Sport | 17:16 / 05.10.2016
11019
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh murabbiy Rossiya terma jamoasida homilador futbolchi paydo bo‘lgani haqida gapirdi

Foto: TASS

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov bugungi mashg‘ulotlar oldidan jamoada homilador futbolchi borligi haqida aytib hazillashgan. Bu haqda TASS agentligi xabar bergan.

«Jamoamizda homilador futbolchi paydo bo‘lgan. Yana ortiqcha 1,5 kilogramm ham», — degan Cherchesov. U gap nima haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

Rossiya terma jamoasi 9 oktabr kuni Krasnodarda, 33 ming tomoshabinga mo‘ljallangan mahalliy stadionda Kosta-Rikaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Qayd etish kerakki, 3 oktabr kuni terma jamoaning asosiy darvozaboni Igor Akinfeyev jarohatlangach, uning o‘rnini «Anji» posboni Aleksandr Belenov egallagandi.

Manba: Tribuna.uz

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid