Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fedor Yemelyanenko Grozniyda bolalar o‘rtasida qoidasiz janglar o‘tkazilayotganini keskin qoraladi
Checheniston poytaxti Grozniyda bolalar ishtirokida qoidasiz janglar musobaqalarini o‘tkazishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va uni oqlab bo‘lmaydi, deb aytdi Rossiya MMA ittifoqi prezidenti, sobiq jahon chempioni Fedor Yemelyanenko instagramdagi akkauntida.
4 oktabrda Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning 10 yoshli o‘g‘li Ahmad Grozniyda aralash yakkakurash bo‘yicha musobaqada 14 soniyada nokaut bilan g‘olib bo‘ldi. Uning yana ikki o‘g‘li – Ali va Adam mos ravishda 27 va 35 kg vazn toifasidagi ko‘rgazmali janglarda o‘z raqiblarini yutdilar.
"Kecha bolalar ishtirokidagi janglar ko‘rgazmali bo‘ldi, biroq muxlislar aslida haqiqiy janglarning guvohi bo‘lishdi. Bu sport qoidalariga ko‘ra, 21 yoshgacha bo‘lgan sportchilar ringga shlemda, nakladkalarda, 12 yoshgacha bo‘lganlari esa yana rashgard yoki futbolkada chiqishlari kerak", deb aytdi Yemelyanenko.
"Bundan tashqari, 21 yoshdan kichik yosh guruhlari uchun ma'lum cheklovlar mavjud. Biroq janglar katta yoshdagi professional-yakkakurashchilar uchun belgilangan qoidalarga ko‘ra o‘tkazildi, bu esa bolalarga to‘g‘ri kelmaydi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga umuman MMA qoidasi bo‘yicha kurashish taqiqlangan. Grozniydagi musobaqada yuz bergan holatga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, uni oqlab ham bo‘lmaydi", deb ta'kidlab o‘tdi Yemelyanenko.
Yemelyanenko, shuningdek, bu janglar jonli efirda ko‘rsatilganidan jahli chiqdi. "Menga "Match!Boyets" telekanali nima uchun bolalar jangini jonli efirda ko‘rsatayotgani tushunarsiz bo‘ldi. Men 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar muxlislar sifatida zalga kiritmasligini aytmasam ham bo‘ladi, biroq bu yerda 8 yoshli bolakaylar katta yoshli mamnun muxlislar ko‘z o‘ngida bir-birlarini do‘pposlaganlar. Nahotki, bolalar sog‘lig‘iga ziyon yetkazish evaziga bunday tomoshalarni tashkillashtirish shunchalik muhim bo‘lsa?", deb kuyungan sportchi.
"Meni bu barcha tomoshani respublika prezidenti Ramzon Qodirov kuzatib o‘tirgani juda qattiq ajablantirdi. Uning sport vazirligidagi maslahatchilari unga 12 yoshgacha bolalarga jang o‘tkazishga ruxsat yo‘qligini aytishmaganmi? Biz birinchi o‘rinda o‘sayotgan avlodga o‘rnak bo‘lishimiz va ularning salomatligi haqida qayg‘urishimiz kerak. Kattalar darajasi bilan teng darajadagi janglarda ishtirok etish bolalarning salomatligiga tuzatib bo‘lmas putur yetkazishi mumkin, bu esa ularga sport faoliyatlarini davom ettirishga nafaqat imkon bermaydi, balki bolaning jismoniy holati va ruhiyatiga ziyon yetkazadi", deb o‘z so‘zlarini intiholadi sportchi.
Mavzuga oid
14:27 / 28.12.2024
RFda AZAL borti qo‘nayotgan vaqtda Grozniyga UUA hujum qilgani tasdiqlandi
20:58 / 26.12.2024
Katta ehtimol bilan Rossiya raketasi zarba bergan. Oqtovdagi aviahalokatning ikkinchi kuniga kelib yana nimalar ma’lum?
12:27 / 25.12.2024
Qozog‘istonda yo‘lovchi samolyot qulab tushdi
19:20 / 15.12.2024