Sport | 08:39 / 05.10.2016
6126
2 daqiqa o‘qiladi

Maradona, Totti va yana bir qancha sobiq futbol yulduzlari xayriya futbol uchrashuvida ishtirok etishadi

Diyego Maradona, Franchesko Totti,  Ronaldino, Janluka Dzambrotta va Ernan Krespo kabi futbol yulduzlari Rimda xayriya futbol uchrashuvida ishtirok etishadi.

Uchrashuv 12 oktabrda Rimdagi "Olimpiko" stadionida bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Football Italia. O‘yin xayriya jamg‘armasi shiori ostida o‘tadi va Rai 1 telekanali orqali jonli ko‘rsatiladi. Uchrashuvni o‘tkazishdan tushgan mablag‘lar harbiy harakatlardan aziyat chekkan bolalarga yordam uchun yo‘naltiriladi.

Uchrashuvda ishtirok etishlarini shuningdek Antonio Di Natale, Fabio Kapello, Roberto Karlos va Rodrigo Taddei ham tasdiqlashdi.

Maydonda asosiy shaxslar albatta Italiya va Argentina futboli afsonalari Franchesko Totti va Diyego Maradona bo‘ladi. Bu ikki futbolchining qarama-qarshiligi muxlislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ikki futbolchi ham Italiya A seriyasining butun bir davrini namoyon qiladilar: Maradona 80-yillarda "Napoli" tarkibida porlagan, Italiya futbol faxriysi Totti hali ham o‘zining o‘yinlari bilan muxlislarni xursand qilib kelmoqda.

Uchrashuv "Tinchlik uchun birlashish" shiori ostida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv oldidan futbolchilar Rim papasi bilan uchrashadilar va undan oq fotiha oladilar.

manba:tribuna.uz

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid