Yahoo AQSh maxsus xizmatlari talabi bilan maktublarni o‘quvchi dasturni joriy etgani ma'lum bo‘ldi

Foto: © Flickr
Yahoo kompaniyasi 2015 yilda maxfiy ravishda AQSh maxsus xizmatlari talabi bilan portal foydalanuvchilari elektron maktublarini skanirlaydigan dastur yaratgan. Bu haqda xabardor manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Kompaniyaning sobiq xodimlari axborot agentligiga barcha pochta qutilarining yoppasiga kuzatilishi AQSh maxfiy topshirig‘i doirasida amalga oshirilganini ma'lum qilishgan. Ularning aytishicha, Yahoo rahbari Marissa Mayyerning topshiriq talablariga bo‘ysunishga qaror qilishi kompaniyani o‘tgan yil iyunida axborot xavfsizligi boshlig‘i Aleks Stemos tark etishiga olib kelgan. Stemos hozirda xuddi shunday lavozimda Facebook’da ishlamoqda.
Bir qator mutaxassislarning fikricha, gap internet-kompaniya barcha kiruvchi xabarlarni to‘liq ko‘rishga rozi bo‘lgan birinchi holat haqida ketmoqda. Avvalroq maxsus xizmatlar manfaati yo‘lida saqlangan ma'lumotlar yoki real vaqtda kichik miqdordagi xabarlar skanirlangan.
Yahoo rahbariyati bunga izoh berish haqidagi iltimosga AQSh konunlariga amal qilishi bilan javob bergan.
Mavzuga oid

18:03 / 18.04.2025
«Bu bizning urush emas» - Agar muzokaralarda siljish bo‘lmasa, AQSh Ukrainada tinchlik o‘rnatish urinishlarini to‘xtatadi

17:34 / 18.04.2025
Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida memorandum imzoladi

13:53 / 18.04.2025
Reuters: Rossiya harbiy ta’minot uchun AQSh firmasidan foydalanmoqchi

13:46 / 18.04.2025