Jahon | 07:54 / 06.10.2016
9431
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh boshchiligidagi koalitsiya qiruvchi samolyotlari Halabdagi qishloqni yakson qildi

Foto: © AFP

AQSh boshchiligidagi koalitsiya qiruvchi samolyotlari Halab viloyatidagi Tultan qishlog‘iga zarba berdi. Hujum oqibatida 20 ga yaqin tinch aholi vakili halok bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida 3 bola bor. Yana 40 ga yaqin odam turli og‘irlikdagi jarohatlar olgan. Bu haqda Suriyaning SANA axborot agentligi ma'lum qildi.  

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Tultan qishlog‘i Halab shahridan shimolga tomon 50 km uzoqlikda joylashgan. Qishloqning ko‘pchilik aholisini kurdlar tashkil qilgan. Aholi punkti uzoq vaqt davomida IShID jangarilari tomonidan bosib olingan bo‘lgan.    

Ta'kidlanishicha, jarohat olganlardan ko‘pchiligi og‘ir ahvolda. Ma'lum qilinishicha, qishloq markazidagi ko‘pchilik uylar deyarli vayron bo‘lgan.  

 

Mavzuga oid