Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA «noxush xotiralar» tufayli Tsyurixdagi mehmonxonasini o‘zgartiradi
FIFA Shveytsariyaning Tsyurix shahridagi Baur au Lac mehmonxonasiga yuqori martabali mehmonlarini joylashtirishni to‘xtatadi.
Endilikda, FIFA amaldorlari boshqa bir 5 yulduzli mehmonxona, Baur au Lac yonidagi Park Hyatt mehmonxonasida yashashadi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bergan.
Tashkilot buni iqtisod qilish bilan izohlagan.
Ammo nashrda qayd etilishicha, bu qaror ushbu mehmonxona bilan bog‘liq «noxush xotiralar» tufayli qabul qilingan.
O‘tgan yilning mayida FIFAning 9 nafar amaldori aynan shu mehmonxonada korrupsiyada ayblanib, hibsga olingandi.
Bu ish keyinchalik FIFA tizimini o‘zgartirib yuborgan futbol tarixidagi muhim hodisaga aylandi.
Ayni vaqtda 42 nafar amaldor korrupsiyaga aloqador hisoblanadi. Sud jarayoni 2017 yilning oxirida bo‘lib o‘tishi mumkin.
Mavzuga oid
20:46 / 25.03.2025
Blatter va Platini moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha yana oqlandi
21:00 / 12.03.2025
FIFA Jahon Kubogini isloh qilib, ishtirokchilar sonini 64 taga yetkazmoqchi
09:12 / 06.03.2025
Rossiya qo‘shinlari Kriviy Rigdagi mehmonxonaga zarba berdi: qurbonlar bor
00:16 / 28.01.2025