Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslarga jazo kuchaytiraladi
Shu kunlarda deputatlar muhokamasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 168-moddasiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Ma'lumki, so‘nggi yillarda firibgarlikni o‘ziga kasb qilib, o‘zgalarni aldash yoki ishonchini suiiste'mol qilish yo‘li bilan muayyan mulkka egalik qilish huquqini qo‘lga kiritayotgan shaxslar ustidan tegishli organlarga murojaatlar ko‘paygan.
"Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, aybdor shaxslarga nisbatan tegishli jazo choralarining qo‘llanishi, jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha tizimli ravishda profilaktik tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdan, fuqarolarning shaxsiy mulkini egallash bilan bog‘liq ayrim toifadagi jinoyatlarning o‘sib borishi kuzatilmoqda. Jazoning sodir qilingan jinoyatga mutanosibligini ta'minlash, bunday qilmishlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida kodeksning 168-moddasiga tegishli tartibda o‘zgartishlar kiritilmoqda", – deydi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a'zosi Davron Aripov.
Xususan, firibgarlikning barcha turlari va holatlarida qo‘llanilib kelgan jazo muddatlari, jarimalar miqdori uzaytirilmoqda. Agar ushbu holat juda ko‘p miqdorda yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bo‘lsa eng kam oylik ish haqining 400-600 baravari miqdoridagi jarimadan 8-10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha belgilash taklif etilmoqda (amalda – 5-10 yilgacha). Bunday o‘zgarishlar mazkur moddaning barcha shakllariga tegishli.
Qonun loyihasi yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari himoyasini kuchaytirish, jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta'minlash, shuningdek jinoyachilikka qarshi kurash choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Manba: parliament.gov.uz
Mavzuga oid
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi
20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi
09:52 / 21.02.2025