Xitoylik sayyohlar 5 kun ichida 60 milliard dollar sarflashdi

Foto: TASS
Xitoylik sayyohlar XXR tashkil topgan kun munosabati bilan e'lon qilingan 5 kunlik dam olish kunlaridagi sayohatlari davomida 60 milliard dollar sarflashgan. Markaziy Xitoy televideniyesi xabar qilishicha, bayram munosabati bilan e'lon qilingan dam olish kunlari hali nihoyasiga yetmagan, shu bois sayyohlar sarflagan yakuniy summa bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Bu haqida TASS nashri xabar berdi.
Oktyabrning ilk 5 kun natijalariga ko‘ra, 589 million kishi Xitoy bo‘ylab sayohat qilishgan, yana 6 million nafari xorijiy safarlarga yo‘l olishdi. "Joriy yilda dam olish uchun tanlanayotgan eng mashhur joylar - Koreya Respublikasi, Tailand, Yaponiya, Indoneziya, AQSh, Singapur, Vetnam, Malayziya, Maldiv orollari va Rossiya", - deya ma'lum qilindi Xitoyning eng yirik sayyohlik operatori hisoblangan Ctrip kompaniyasida.
2015 yil yakunlariga ko‘ra, Xitoyning xalqaro turizm sohasidan tushuvchi daromadlar 114 milliard dollarni tashkil qilgan. XXR bu ko‘rsatkich bo‘yicha Ispaniyani ortda qoldirib, dunyo miqyosida ikkinchi o‘rinni egalladi.
O‘tgan yili taxminan 128 million Xitoy aholisi xorijga sayohat qilgan. Ular sayohatlari davomida deyarli 292 milliard dollar sarflashgan.
Manbaga ko‘ra, xitoyliklar sayohatni rejalashtirayotganda xorij mamlakatidagi obidalar va o‘sha joyning oshxonasiga xos bo‘lgan xususiyatlarga alohida e'tibor qaratishadi.
Mavzuga oid

22:21 / 14.04.2025
Kiyevda ukrainlarga asir tushgan Xitoy harbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

18:42 / 14.04.2025
Xitoylik ayol 6 marta ishxonadan bir daqiqa erta ketgani uchun ishdan bo‘shatildi

17:02 / 14.04.2025
Xitoy avtomobil va elektronika uchun zarur og‘ir nodir metallar eksportini chekladi

08:34 / 14.04.2025