Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada qurbonlarini antiqa yo‘l bilan tuzoqqa ilintirgan jinoiy to‘da yetakchisi qo‘lga olindi
Meksika politsiyasi "xo‘rak" sifatida ayollardan foydalanib odamlarni o‘g‘irlagan jinoiy to‘daning ikki ehtimoliy a'zosini hibsga oldi.
To‘daga ishlagan ayollar o‘z qurbonlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali avrab, uchrashuvga taklif qilishgan. Voqea joyida qurbonni to‘daning qolgan a'zolari o‘g‘irlab ketishgan.
Jinoyatchilar o‘z qurbonlari uchun o‘lpon talab qilishgan va ba'zida hattoki pullar berilgandan keyin ham ularni o‘ldirishgan.
To‘daning yetakchisi va yana bir gumonlanuvchi Verakrus shtatidagi Koattsakoalkos shahrida qo‘lga olingan.
To‘da hammasi bo‘lib 12 ta o‘g‘irlik holatida gumon qilinmoqda.
Meksika hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvaridan avgustigacha mamlakatda 867 ta odamlarni o‘g‘irlash holati qayd qilingan. Bunda 92 ta bunday jinoyat aynan Verakrus shtatida sodir etilgan.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025