O‘zbekiston | 12:39 / 06.10.2016
6948
7 daqiqa o‘qiladi

"Musaffo bilan totli kuz" aksiyasining birinchi bosqich o‘yini bo‘lib o‘tdi

2016 yilning 15 avgustidan 15 sentabriga qadar kuzgi aksiyaning birinchi bosqichi o‘tkazildi. Tasodifiy raqamlar generatori 50ta mukofotning omadli egalarini aniqladi: elektr choynaklar, oshxona tarozilari, fenlar, dazmollar va mobil telefonlar o‘ynaldi.

Aktsiya tashkilotchilari qiziqarli statistika tayyorlashdi: ma'lum bo‘lishicha, birinchi bosqichning har bir g‘olibi o‘rtacha 13 promo-kodni faollashtirgan. Elektr choynak sohibiga aylanish uchun o‘rtacha 10ta qadoqlangan sut xarid qilish lozim. "Biz barcha oila a'zolarimiz bilan birga Musaffo sutini yaxshi ko‘ramiz, lekin aksiya bizni yanada ko‘p sut xarid qilishga chorladi, - dedi toshkentlik Ravshan Mahamatdinov. - Reklamani ko‘rib, omadimizni sinab ko‘rishga qaror qildik: biz omadlimiz, bunday o‘yinlarda birinchi imarta g‘olib bo‘lishimiz emas, mana umidimiz o‘zini oqladi. Choynak zo‘r, bajonidil undan foydalanyapmiz, bizga juda yoqdi. Umid qilamizki, Musaffo sutining mazasi har doim ana shunday totli bo‘lib qoladi, chunki biz bu sutning doimiy xaridorimiz, bundan keyin ham aksiyalarda ishtirok etishni istaymiz". 

Elektr choynakning boshqa bir sohibi, toshkentlik Humoyun Kavetdinov Musaffo muxlislari qatoriga qo‘shildi: "Har kuni ertalab qizchamiz uchun sutli bo‘tqa tayyorlaymiz, oddiy sut tez "buziladi", shu bois paketdagi sutni tanlash kerak bo‘ladi. Musaffo sutining mazasini totib ko‘rdik, juda ma'qul keldi, shu payt aksiyadan xabar topdik. Qiziqish yuzasidangina ishtirok etib ko‘rdik: shundoq ham xarid qilamiz, sutning qadog‘ini bekorga tashlab yuborgimiz kelmadi. Endi esa faqat shu savdo markasidan foydalanamiz, bunday kutilmagan yutuq - juda yoqimli, albatta". 

"Oshxona tarozilari" toifasida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar orasidan poytaxtlik Anna Lusenko birgina kod yo‘llab, g‘olib bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. "Biz avval ham Musaffo sutini xarid qilardik, bu sut bizga juda yoqadi, deyarli har kuni ichamiz, - deydi u. - Aktsiya reklamasini ko‘rib qoldik va qiziqishimiz ustun kelib, omadimizni sinab ko‘rdik. Mana, g‘olib ham bo‘ldik va xo‘jalikda kerak bo‘ladigan yutuqni qo‘lga kiritdik. Bundan buyon aksiyalarda yanada faol ishtirok etamiz, endi bundan-da yirik mukofotlarni yutish istagi paydo bo‘ldi". 

Elektron dazmolni qo‘lga kiritish uchun ishtirokchilar o‘rtacha 5tadan promo-kodni ro‘yxatdan o‘tkazishdi. Ulardan to‘rt nafari juda omadli bo‘lib chiqdi: ularning g‘olib bo‘lishi uchun birgina stiker yetarli bo‘ldi. Marg‘uba Abdullayevaning tan olishicha, u dastlab aksiyani jiddiy qabul qilmagan: "Bu shunchaki odamlarni ko‘proq sut xarid qilishga undovchi "o‘yin" deb o‘yladim. Sut qutisini tashlab yubormoqchi edim, biroq qizim buning o‘rniga kod yo‘llashni taklif qildi va ko‘rib turganingizdek, Artel rusumli dazmolni yutib oldik, omadni qarang! Juda ham xursandmiz, dazmolni ishlatishga ham ulgurdik, aksiyada qatnashishda davom etamiz".

Yangi dazmolning yana bir omadli sohibasi qarshilik Yelena Petrova mana bir necha oydirki, Musaffo savdo markasi aksiyalarida ishtirok etib kelmoqda: "Anchadan beri shu  sutni xarid qilaman, chunki u juda sifatli. Bunday mazali qadoqlangan sutni birinchi marotaba totib ko‘rishim, shu bois faqat uni xarid qilaman. Ilgari mukofotni qo‘lga kiritishga hech ham ishonmas edim, g‘olib bo‘lganimni eshitib, buning haqiqat ekaniga ishongim kelmadi! Meni Facebook tarmog‘ining Musaffo sahifasida qutlashdi, qanday xursand bo‘lganimni ta'riflashga so‘z ojiz. Umid qilamanki, Qarshiga stikerli qadoqlardan ko‘proq olib kelishadi, boshqalar ham qatnashib, g‘olib bo‘lishiga tilakdoshman. Barchaga omad tilayman, Musaffo xodimlariga esa bunday xush kayfiyat ulashganliklari uchun chin dildan minnatdorchilik bildiraman. Shuncha o‘yinlar, qiziqarli tadbirlar o‘tkazishadi - haqiqiy sehrgarlar!"

Fenni qo‘lga kiritgan g‘oliblar o‘rtacha 10tadan stiker ro‘yxatdan o‘tkazishdi, ulardan ikki nafari birinchi promo-koddanoq omadni qo‘lga kiritishdi. Toshkentlik Shohida Komilova farzandlarining undovi bilan promo-kodlar yo‘llay boshladi: "Avvaliga aksiyada ishtirok etishni istamadim, baribir bundan hech narsa chiqmaydi, deb hisoblardim. Keyin o‘ylab qoldim: kenjamiz uchun baribir har kuni Musaffo sutini xarid qilamiz, nima uchun omadimizni sinab ko‘rmasligimiz kerak?! Tashkilotchilar qo‘ng‘iroq qilib, g‘olib bo‘lganimizni aytishganida dastlab ishonmadim. Kimdir hazillashyapti deb o‘yladim. Yo‘q, haqiqatdan ham fen sohibiga aylandik. Bajonidil undan foydalanyapman va kelajakda bizga yana bir bor omad kulib boqishiga umid qilaman". 

"Mobil telefonlar" toifasida har bir g‘olib o‘rtacha 14tadan promo-kod yo‘llagan, ikki nafar kishining esa birgina stiker bilan omadi kelgan. Qarshilik Dilrabo Kenjayeva uchun yangi mobil telefoni kutilmagan yangilik bo‘ldi, chunki promo-kodlarni ayolning o‘g‘li yo‘llagan ekan. "Tabiiyki, juda ajablandik, - deya taassurotlari bilan bo‘lishdi u. - Biz - Musaffo'ning doimiy iste'molchilarimiz, lekin bunday sovg‘a olish xayolimizga ham kelmagandi".

"Musaffo bilan mazali kuz" aksiyasi 14 noyabrga qadar davom etadi, qimmatbaho sovg‘alarning baxtli egalari qatoridan joy olish uchun hali imkon bor. G‘olib bo‘lganingizni shu yerdan bilib olishingiz mumkin bo‘ladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid