Fan-texnika | 16:15 / 06.10.2016
4751
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung Siri dasturi ishlab chiqaruvchilarini xarid qiladi

Foto: © EPA

Janubiy Koreyaning Samsung korporatsiyasi Amerikaning sun'iy aql dasturlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi Viv Labs kompaniyasini xarid qilishga qaror qildi. The Wall Street Journal gazetasi o‘z saytida shu haqda yozmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Viv Labs startap bo‘lib, unga Siri ovozli yordam beruvchi dasturini ishlab chiqaruvchilar asos solgan. Siri dasturini 2010 yilda Apple korporatsiyasi xarid qilgan va shundan beri mazkur ilovani o‘z smartfonlariga o‘rnatib keladi. Viv Labs yaqinda o‘zining yangi ishlanmasi Viv ovozli yordamchini keng ommaga tanitdi. 

Samsung kompaniyasi mobil qurilmalar uchun mas'ul texnologik bo‘linmasi direktori Injon Lining so‘zlariga ko‘ra, korporatsiya o‘z smartfonlariga 2017 yilning ikkinchi yarmidan boshlab Viv dasturlarini o‘rnatish niyatida. Ayni vaqtda, bitim narxi ma'lum qilingani yo‘q. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid