Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklashga 120 mln dollar yordam ko‘rsatadi
Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Yun Byon Sening bayonot berishicha, mamlakat hukumati Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash va ijtimoiy dasturlarga 120 mln dollar miqdorida yordam ko‘rsatadi, deb xabar qilmoqda «Yonxap» agentligi.
«Koreya Respublikasi hukumati 4 yillik reja ishlab chiqqan bo‘lib, unga muvofiq har yili 30 mln dollardan ajratiladi», — degan tashqi ishlar vaziri.
Qayd etilishicha, bu mablag‘ Afg‘onistonga taqdim etilayotgan yillik yordamning 0,78 foizini tashkil etadi.
Bryusselda Afg‘onistonni tiklash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tgan. Unda 75 mamlakat va 25 gumanitar tashkilot vakillari ishtirok etgan. Ular, ushbu mamlakatga ko‘rsatilayotgan moliyaviy ko‘mak miqdorini 2020 yilgacha hozirgi hajmda saqlab qolishga kelishilgan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025