Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya Italiyaning noyob rekordini to‘xtata olmadi
Italiya terma jamoasi jahon chempionati saralash bosqichlari doirasida o‘tkazilgan uy uchrashuvlarida hali biror marta ham "kuragi yerga tegmagan" jamoa bo‘lib kelmoqda. 6 oktabrda italiyaliklar 2018 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Ispaniya terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang natija qayd qilishdi.
Ispaniya 55-daqiqada Vitoloning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi, biroq "skuadra adzurra" o‘yinning so‘ngida, ya'ni 82-daqiqada Daniele De Rossining penaltidan kiritgan goli evaziga hisobni tenglashtirdi.
Bu uchrashuv Italiya terma jamoasining jahon chempionatlari saralash bosqichlari doirasida o‘tkazgan 50-uy uchrashuvi bo‘ldi. Bu o‘yinlardan 43 tasida italiyaliklar g‘alaba qozonishgan, 7 tasida durang natija qayd qilishgan.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
17:56 / 26.05.2025
AQSh 65 yildan so‘ng yana hokkey bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025