Sport | 10:18 / 07.10.2016
8697
1 daqiqa o‘qiladi

Kapello: Rossiyaliklarda kommunizm va diktatura davri asoratlari saqlanib qolgan

Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello rossiyaliklarda o‘tmishdagi kommunizm va diktatura asoratlari saqlanib qolgani, bu tuzum ularning hayotiga hanuzgacha ta'sir ko‘rsatishi haqida aytib o‘tdi. Uning so‘zlari Onda Cero tomonidan keltirilgan.

«Ruslarni tushunish qiyin. Ularda kommunizm va diktatura davri asoratlari seziladi, bu esa juda yomon. Ular o‘ta yopiq, boshqalar bilan solishtirganda bu juda seziladi», — degan Kapello.

70 yoshli mutaxassis murabbiylik faoliyatiga qaytmoqchi emasligini aytib o‘tgan.

«Men televideniyeda o‘zimni yaxshiroq his qilmoqdaman, bu murabbiy bo‘lishdan oson», — degan Kapello.

Kapello Rossiya terma jamoasiga 2012 yildan 2015 yilgacha boshchilik qilgandi.

Mavzuga oid