Jamiyat | 16:37 / 07.10.2016
20672
2 daqiqa o‘qiladi

Kontsert va yirik sport o‘yinlariga chipta olish mashmashasi

Ma'lumki, O‘zbekistonda ko‘zimiz o‘rganib qolgan va go‘yoki uni o‘zgartirib bo‘lmas aksiomadek qabul qilganimiz bir muammo bor. U ham bo‘lsa, xalq hurmatiga sazovor bo‘lgan qo‘shiqchining konserti yoki yirik sport musobaqalariga chipta topish muammosidir. Aniqrog‘i, olibsotarlar tomonidan sun'iy yaratilgan muammo. 

Uzoqqa borib o‘tirmaylik, kuni kecha poytaxtimizning “Bunyodkor” stadionida JCh-2018 saralash bosqichi yana bir turi doirasida o‘yin bo‘lib o‘tdi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa, har safar shu kabi futbol bayrami oldidan chipta masalasi, uning narxi muhokama etiladi. Xususan, 15 mingdan 30 ming so‘mgacha turgan chipta “qo‘l”da 60-100 ming so‘m atrofida sotilishi aytiladi. Garchi turli OAV tomonidan mazkur muammo haqida bir necha bor bong urilganiga qaramay, holat o‘sha-o‘sha. 

Har safar, chipta topish muammo, bori qimmat. 

Nahotki, O‘zbekistonda bu jarayonga mas'ul bo‘lgan, chiptalarning o‘z narxida kassalarda sotilishini nazorat qiluvchi bironta ham mutasaddi tashkilot bo‘lmasa?!

Mayli. Bu masalaning birinchi tomoni. Xo‘sh, islom dini shu kabi masalalar yechimiga nima deydi? Bu borada e'tiboringizga, Islom.uz saytining savollar bo‘limiga kelgan murojaatni va unga berilgan javobni havola etamiz, chipta olib sotarlik bilan shug‘ullanuvchilar, zora o‘zlariga xulosa qilib olishsa. 

Assalomu alaykum! Futbol o‘yinlariga yoki konsertlarga oldindan bilet olib qo‘yib, keyinchalik o‘yinga yaqin qolganda qimmat narxda sotish mumkinmi?

Javob:
- Va alaykum assalom! Mumkin emas. Vallohu a'lam! 

Savollar.islom.uz ma'muriyati. 

Mavzuga oid