Jahon | 09:14 / 07.10.2016
6663
1 daqiqa o‘qiladi

"Mettyu" bo‘roni oqibatida halok bo‘lganlar soni 280 nafardan oshdi

Foto: REUTERS

Gaitining janubiy departamentiga yopirilgan "Mettyu" bo‘roni oqibatida halok bo‘lganlar soni 283 nafarga yetdi. Bu haqda Radio Television Caraibes xabar bermoqda.

Avval qurbonlar soni 264 kishiga yetgani ma'lum qilingan edi. Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, eng ko‘p qurbonlar Shantal kommunasida – 90 kishi, so‘ngra Lez-Angle kommunasida – 85 kishi qayd etilgan. Tabiiy ofat oqibatida deyarli 35 ming kishi uysiz qolgan. Qidiruv va qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

"Mettyu" bo‘roni 2007 yildan buyon Atlantikada eng kuchli tabiiy ofat hisoblanadi. Bo‘ron mahalliy vaqt bilan payshanba kechasi Floridaga, so‘ngra Jorjiya, Shimoliy va Janubiy Karolinaga yetib borishi kutilmoqda. 

 

Mavzuga oid