Fan-texnika | 17:03 / 07.10.2016
6160
1 daqiqa o‘qiladi

Prisma videolarni qayta ishlaydigan bo‘ldi

Neyrotarmoqlar asosida filtrlar o‘rnatuvchi Prisma ilovasi yangi funksiyaga ega bo‘ldi. U videotasvirlarni qayta ishlash imkonini beradi. Yangilikdan iOS dasturiy ta'minotida ishlaydigan qurilmalarda foydalanish mumkin.

Hozircha, unda videolarga mo‘ljallangan 9ta filtr bor bo‘lsa, fotosuratlar uchun 39ta turli tartiblar mavjud. 

Ta'kidlash kerakki, funksiya video uzunligiga 15 soniyalik cheklov o‘rnatilgan. Bundan tashqari, videoni qayta ishlash jarayoni qurilmaning o‘zida oflayn tartibda amalga oshadi. Ammo, rolikni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirish uchun internetga ulanish talab etiladi. 

Mavzuga oid