Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada dollar kursi 62 rubldan pasaydi
Moskva birjasida dollar kursi 2015 yil oktabridan beri birinchi marta 62 rubldan pastroqqa tushdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, dollarga 61,98 rubl berilgan.
Yevroning kursi esa 69,39 rublni tashkil qildi. Yevro, aksincha, avvalgi savdo sessiyasiga nisbatan 14 tiyinga qimmatlagan.
Rossiya Markaziy banki dollar va yevroning 8 oktabrga kursini 62,3 va 69,23 rubl qilib belgiladi.
Rubl neft narxlarining o‘zgarishi ortida dollarga nisbatan qimmatlashmoqda. 7 oktabrda Brent markasidagi neftning bir barreli narxi 52,45 dollarni tashkil qilgan va 6 oktabrdagi narxdan 0,1 foizga arzonlashgan. 7 oktabrdagi savdolar vaqtida neft narxi goh 52,8 dollargacha ko‘tarilib, goh 51,9 dollargacha tushib turdi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025