Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Davlat departamenti: Kerri Rossiyaning Suriyadagi "harbiy jinoyatlari" haqida gapirmagan
AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi AQSh davlat kotibi Jon Kerri Rossiya Suriyada "harbiy jinoyatlar sodir etayotgani" haqida rasman gapirmaganini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Kerri bu xalqaro qonunchilik qoidabuzarliklari tegishli ravishda tergov qilinishi kerakligi, chunki ular harbiy jinoyatlar sifatida talqin qilinishi mumkinligi haqida o‘zining samimiy fikrini bildirgan", deb aytdi Kirbi va bunday tergov "BMT va xalqaro hamjamiyat doirasida" o‘tkazilishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Kerri Rossiya va Suriyaning harakatlariga nisbatan ularning suriyalik tinch aholiga hujumlari sababli harbiy jinoyatlar doirasida tergov boshlash zarurligini aytgan. Keyinroq Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Kerrining bunday bayonotlarining huquqiy oqibatlaridan ogohlantirgan.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
01:12 / 22.05.2025