Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqarada ikki xudkush-terrorchi politsiya amaliyoti vaqtida o‘zini o‘zi portlatib yubordi
Anqarada ikki nafar xudkush-terrorchi politsiya operatsiyasi o‘tkazilayotgan vaqtda o‘zini o‘zi portlatib yubordi. Ularning joyi tekshirilganda bomba yasash uchun ishlatiladigan 200 kg.ga yaqin modda topilgan. Bu haqda Anqara gubernatori Erjan Topadja NTV telekanali efirida ma'lum qilgan.
"Ulardan birining (terrorchining) shaxsi aniqlandi. Ikkinchisi taxminlarga ko‘ra, ayol kishi bo‘lgan. Uchinchilari ham bo‘lgan degan shubha bor. Uni qidirish ishlari davom etmoqda", - dedi gubernator.
Uning qo‘shimcha qilishicha, terrorchilar Turkiyaning janubi-sharqidagi shahar Diyorbakirdan Anqaraga kelishgan va qidiruvda bo‘lishgan.
Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, Anqarada taxminan uyushtirilajak teraktda foydalanilishi ko‘zda tutilgan minali avtomashina Turkiyada taqiqqa ega Kurdiston ishchi partiyasiga tegishli bo‘lgan.
NTV xabariga ko‘ra, teraktga tayyorgarlik bo‘layotgani haqida ma'lumot olgan politsiya mahalliy vaqt bilan 06:00da (Toshkent vaqti bilan 08:00) Anqaradan 30 km. masofada bo‘lgan Xayman tumanidagi uylardan birini qurshab oladi.
Politsiya jangarilarga taslim bo‘lish haqida buyruq berganda, ular o‘zlarini portlatib yuborishadi.
Politsiya xodimlari orasida jabrlanganlar yo‘q, deb xabar bermoqda NTV.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025