Polsha qurolli kuchlari shay holatga keltirildi
Polsha Rossiyaning harbiy sohadagi harakatlaridan xavotirga tushib, o‘z qurolli kuchlarini tayyor holatda ushlab turibdi. Bu haqda, mamlakat mudofaa vaziri Antoniy Macherevich ma'lum qilgan. U «Iskander-M» majmualari va raketalarining Kaliningrad viloyatiga joylashtirilishi borasidagi savolga javob berar ekan, shunday fikrlarni bildirgan, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
«Rossiyaning so‘nggi harakatlari jiddiy xavotirlarni keltirib chiqaradi. Biz hamma xabarga, xususan, Kaliningrad viloyatida maxsus texnik xususiyatli «Iskander» raketalari borligiga oid taxminlarni ham e'tiborsiz qoldirmayapmiz», — degan Macherevich.
Polsha mudofaa vazirining ta'kidlashicha, mamlakat qurolli kuchlari va ayg‘oqchilik tizimi Polsha xavfsizligini kafolatlash uchun doimiy shay holatda turibdi.
Kunning avvalida, AQSh razvedkasi Rossiya Kaliningradda «Iskander-M» raketa majmualarini joylashtirgani xususida taxminlarini bildirgan edi.
Mavzuga oid
00:16
Norvegiya hukumati Rossiya bilan chegaraga panjara qurish haqida o‘ylamoqda
18:57 / 29.09.2024
Rossiyada migratsiya siyosatini kuchaytiradigan beshta qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi
13:31 / 29.09.2024
Putin Rossiyaning yadro doktrinasini o‘zgartirmoqchi. Bu amalda nimani anglatadi?
11:54 / 29.09.2024