Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018. Saralash bosqich. Portugaliya, Fransiya hamda Belgiyadan yirik g‘alaba va boshqa natijalar
Bugun 7 oktabrdan 8 oktabrga o‘tar kechasi 2018 yilgi jahon chempionati saralash bosqichi guruh bahslaridagi o‘yinlar davom ettirildi. Gollarga boy bo‘lgan 9ta o‘yinda umumiy hisobda 34ta gol kiritildi.
Belgiya, Niderlandiya, Fransiya hamda Estoniya o‘z maydonida raqiblariga 4tadan gol kiritgan bo‘lsa, Portugaliya mehmon Andorra jamoasi darvozasiga javobsiz 6ta gol kiritdi.
Fransiya – Bolgariya 4:1 (3:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 6, penalti Aleksandrov, 1:1 – 23 Gameyro, 2:1 – 26 Payyet, 3:1 –38 Grizmann, 4:1 – 59 Gameyro.
Niderlandiya – Belarus 4:1 (2:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 15 Promes, 2:0 – 31 Promes, 2:1 – 47 Rios, 3:1 – 55 Klassen, 4:1 –64 Yanssen.
Ogohlantirish: Rios (57).
Vengriya – Shveytsariya 2:3 (0:0, 2:3)
Gollar:0:1 – 51 Seferovich, 1:1 – 53 Salai, 1:2 – 67 Rodriges, 2:2 – 71 Salai, 2:3 –89 Shtoker.
Ogohlantirishlar: Jyemaili (80), Bexrami (90).
Portugaliya – Andorra 6:0 (3:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 2 Ronaldu, 2:0 – 4 Ronaldu, 3:0 – 44 Joau Kanselu, 4:0 – 47 Ronaldu,5:0 – 68 Ronaldu, 6:0 – 86 Andre Silva.
Ogohlantirishlar: Rodriges Soriya (27), Pepe (35), Rubio (53), Lima (85).
Chetlatishlar: Rubio (62), Rebes (70).
Latviya – Farer orollari 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 19 Nattestad, 0:2 – 70 Edmundsson.
Ogohlantirishlar: Yagodinskiy (25), Edmundsson (75), Maksimenko (75).
Lyuksemburg – Shvetsiya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 58 Lyustig.
Ogohlantirishlar: Olsson (25), Filipps (32), Lindelef (48), Karlson (56), Maljye (66),Durmaz (83), Da Mota (83).
Chetlatish: Maljye (82).
Belgiya – Bosniya i Gertsegovina 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 26, avtogol Spaxich, 2:0 – 29 Azar, 3:0 – 60 Alderveyreld, 4:0 –79 Lukaku.
Ogohlantirishlar: Kolashinats (16), Yayalo (30), Lulich (75), Fellayni (90).
Gretsiya – Kipr 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 12 Mitroglu, 2:0 – 42 Mantalos.
Ogohlantirishlar: Mitidis (39), Demetriu (45), Xaralambus (48), Xristofi (77).
Estoniya – Gibraltar 4:0 (0:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 47 Kyayt, 2:0 – 52 Vasilev, 3:0 – 70 Kyayt, 4:0 – 88 Moshnikov.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024