Fotojamlanma: So‘nggi imperatorlar shahri
1870 yilning may oyida 29 yoshli ingliz muhandisi Tomas Chaylds Xitoy hukumati taklifi bilan Pekinga tashrif buyurdi. Sin imperiyasi poytaxtidagi Yevropa mustamlakasi taxminan 100 nafar kishidan iborat edi. Chaylds turmush o‘rtog‘i va 3 nafar farzandini Britaniyada qoldirib, fotokamera bilan Pekinga keladi. So‘nggi 20 yil davomida u Xitoyning Viktoriya davri qiyofasi aks etgan 200 tacha suratni muhrlaydi. Quyida Chayldsning suratlaridan iborat fotojamlanma taqdim etiladi.
Xitoy amaldori, harbiy va siyosiy arbobi Tszen Gofan Tszen Tszifenning qizi turmush o‘rtog‘i - Chjetszyan provinsiyasining bo‘lajak gubernatori Ne Tsziguy bilan kelinlik libosida. Chaylds Xitoy xalqining kelinlik libosiga quyidagicha ta'rif bergan: "Xitoyda to‘y libosi qizil rangda bo‘ladi. Kelin tilla bilan ishlov berilgan qizil rangdagi satin libos kiygan, uning qizil va tilla rangdagi bosh kiyimi marvaridlar bilan bezatilgan".
Buyuk Xitoy devorining Tszyuyyunguan hududi. Chaylds yashagan davrda devor yonidagi o‘rmon yovlarning sezdirmay bostirib kelmasligi uchun butkul yo‘q qilingan. Hozirda devor yonida yana daraxtlar qad ko‘targan.
An'anaga ko‘ra, kelinni olib yuriladigan to‘y taxtiravoni.
Pekin atrofidagi "O‘n uch Min qabristoni"ga eltuvchi "Muqaddas yo‘l" (shendao). Ushbu yo‘l insonlar va hayvonlarning tosh haykallari bilan bezatilgan. Bu yerda jami 36 haykal bor.
Ikki ibodatxona. Chap tomondagisi Chayldsning yozishmalarida Syanshan parkidagi Lyuli ibodatxonasi, deya qayd etilgan, lekin bu xato ma'lumot – aslida suratda bizgacha yetib kelmagan Yuanmin'yuan saroy-parki majmuasining Faxuey ibodatxonasi binosi. O‘ng tomondagisi esa XII asrda bunyod etilgan Pekindagi eng qadimiy inshootlardan biri - Tyannin ibodatxonasi binosi.
Yuydaytsyao — XVIII asrda imperatorning sobiq Yozgi saroyi hududida qurilgan ko‘prik. U Kunminxu ko‘lining g‘arbiy sohilida joylashgan. Ko‘prik-ravoq (arka) ostidan imperator qayig‘i o‘tgan.
Mo‘g‘ul Lamasi va uning shogirdi Pekinda. Ularning qo‘llarida sutra va tasbehlar, stolda esa – muqaddas haykalchalar.
XV asrda Min sulolasi davrida qurilgan Qadimgi Pekin rasadxonasining armillyar sohasi. Bu suratdan 30 yil o‘tib, rasadxonani ixetuanlar qo‘zg‘alonini ("Boksyorlar isyoni") bostirayotgan Yevropa mamlakatlari qo‘shinlari qisman talon-taroj qilishgan. Keyinchalik o‘g‘irlangan barcha buyumlar Xitoyga qaytarilgan.
Xitoy Buyuk kanalining Pekin hududi. Qurilishiga 2 ming yil sarflangan bu ulkan gidrotexnik inshoot Xitoyning shimol va janubini birlashtirgan.
Buyuk Xitoy devoriga kiraverishda.
Yuanmin'yuandagi ark XVIII asrning boshlarida imperator Kansi tomonidan barpo etilgan. Ushbu ulkan bog‘-xiyobon majmuasi barokko hamda an'anaviy Xitoy me'morchiligi uslubini o‘zida mujassam qilgan. Saroy 1860 yilda (Chaylds suratga olishidan 10 yil avval) ingliz va fransuz harbiylari tomonidan vayron qilinib, talon-taroj qilingan.
Imperatorning Yozgi saroyi ansambli tarkibidagi 150 metrli 17 ravoqli ko‘prik (Shitsikuntsyao). Old tarafda - Ixeyuan xiyoboni ramzlaridan biri hisoblangan mashhur Bronza buqa.
Tszunli yamen —Tsin imperiyasining tashqi ishlar vazirligi. 1861 yilda Xitoyning Ikkinchi Afyun urishidagi mag‘lubiyatidan so‘ng shahzoda Gun tomonidan asos solingan.
Buyuk ipak yo‘lidan kelgan karvon. Pekinga ko‘mir va ohak tashishda va Mo‘g‘uliston bilan savdo aloqalarini yuritishda ikki o‘rkachli Baqtriya tuyalaridan foydalanilgan.
Budda rohibi. Chayldsning so‘zlariga ko‘ra, bu muqaddas xizmatchi u Pekinda ko‘rgan “eng semiz va yaxshi kiyingan kishilardan biri” bo‘lgan.
Pekindagi tamaki do‘koni.
Mavzuga oid
15:32 / 26.11.2024
Pekinda qiyin vaziyatga tushib qolgan 40 nafarga yaqin fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
13:00 / 09.10.2024
Botqoqlikdan turistik maskanga aylantirilgan daryo. Pekin buni qanday uddaladi?
10:09 / 29.04.2024
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
11:32 / 24.01.2024