Jahon | 12:48 / 09.10.2016
3278
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada qayiq halokatga uchrashi oqibatida 7 nafar maktab o‘quvchisi cho‘kib ketdi

Foto: 112.ua

Indoneziya politsiyasi bir necha kun avval Solo daryosida (Yava oroli) qayiq halokatga uchraganidan keyin bedarak ketgan mahalliy maktab o‘quvchilaridan 7 nafarining jasadini topdi. Bu haqda huquq tartibot organlaridagi manbasiga asoslanib, Detik xabar tarqatgan.

Qidiruv ishlari 2 kun davom etgan.

Qayd etilishicha, katta bo‘lmagan bu qayiq halokatga uchrashidan oldin unga 25 kishi chiqqandi. Ularning aksar qismi qirg‘oqqacha suzib kelib, omon qolgan.

Dastlabki xabarlarda hodisa sababi qayiq bortiga me'yoridan ortiq odam chiqqani keltirilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid