Jahon | 17:56 / 09.10.2016
9901
1 daqiqa o‘qiladi

IShID jangarilari Iroq shimolida turkiyaliklar bazasiga hujum qildi

Foto: © AFP

Iroq shimolidagi Turkiya harbiylari joylashtirilgan Bashik lageri IShID jangarilari hujumiga uchradi. Bu haqda NTV telekanalida xabar qilingan.

Telekanalning harbiy manbalarga tayanib xabar qilishicha, Turkiya Qurolli kuchlari vakillari javob zarbasi bergan. Terrorchilarning droni urib tushirilgani aytilgan.

Hodisaning to‘la tafsilotlari hozircha ma'lum emas.

Qayd etish kerakki, Iroq parlamenti o‘tgan haftada Turkiyaning Mo‘sul yaqinidagi bu bazaga ega bo‘lishiga qarshi rezolyutsiyani qabul qilgandi.

Deputatlar hukumatda Turkiya bilan munosabatlarda tegishli choralarni qo‘llashni talab qilishgandi.

Turkiya TIV bu rezolyutsiyani qoralagan. Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim turkiyalik harbiylar Iroqdagi bu bazada qolishda davom etishini ma'lum qilgan.

O‘z navbatida Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy turkiyalik harbiylar "Iroq hududida o‘zlarini o‘z uylaridadek erkin his qilmasligi kerakligini" ta'kidlagandi.

Mavzuga oid