Rossiya tashqi ishlar vazirligi: Moskva Sanodagi aviazarbani sinchkovlik bilan tergov qilishni talab qilmoqda
Moskva Yaman poytaxti Sanoda dafn marosimi o‘tayotgan binoga aviazarba berilishini qoraladi va bu hujumni sinchkov va xolis tergov qilishni hamda hujum tashkilotchilari va ijrochilarini jazolashni talab qilmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytildi. Bu haqda RT xabar bermoqda.
"Ushbu fojiali voqealar sababli halok bo‘lganlar oilalari va yaqinlariga chuqur ta'ziya bildiramiz, jarohat olganlar tez orada sog‘ayib ketishini chin dildan tilaymiz. Tinch aholi orasida bunchalik ko‘p qurbonlarga olib kelgan hujum qoralash va hayrat keltirib chiqarmasligi mumkin emas. Bu hujum sinchkov va xolis tergov qilinishi, uning tashkilotchilari va ijrochilari qattiqqo‘llik bilan jazolanishi lozim", deyildi bayonotda.
Tashqi ishlar vazirligida bunday fojialar takrorlanmasligiga zo‘ravonlikni kamaytirish va to‘laqonli siyosiy jarayonni qayta boshlash yo‘li bilan erishish mumkinligi aytildi. Bu jarayon davomida yamanliklar tashqi aralashuvsiz, BMT Xavfsizlik kengashining mavjud rezolyutsiyalari va Yamandagi milliy muloqot bo‘yicha anjuman qarorlari asosida o‘z kelajagini belgilashi kerak.
Avvalroq Sanoda dafn marosimi o‘tayotgan binoga berilgan aviazarba oqibatida kamida 155 kishi halok bo‘lgani, 520 dan ko‘proq kishi yaralangani ma'lum qilingandi. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida Sano meri Abdulqodir Hilol ham bor.
Arab koalitsiyasi aviazarbaga aloqasi borligini inkor qilmoqda.
Mavzuga oid
23:54 / 19.11.2024
Chexiya yuzlab maktablardagi portlash tahdidlarida rossiyalik josuslarni aybladi
22:07 / 19.11.2024
AQSh Rossiya yadro siyosatining o‘zgarishi munosabati bilan o‘z yadro doktrinasini o‘zgartirmaydi
20:58 / 19.11.2024
Baydenning ruxsati urushning borishiga qanday ta’sir qiladi?
20:58 / 19.11.2024