Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq Mo‘sulni ozod qilishda Turkiya ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaydi
Iroq hukumati Mo‘sul shahrini IShID terrorchilaridan ozod etishda turk harbiylarining ishtirokiga ruxsat bermaydi. Bu haqda, respublika bosh vaziri Haydar al Abodiy Karbaloda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bayonot bergan.
"Turk kuchlari Mo‘sulni ozod etishda ishtirok etishga kiritilmaydi", - deya al Abodiy so‘zlarini keltiradi "As-Sumariya" telekanali. Bunda Bosh vazirning qayd etishicha, "Anqaraning Turkiya harbiylarini boshqa davlatlarda joylashtirish loyihasi" Iroq suverenitetini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi.
O‘z navbatida, Turkiya hukumati rahbari Binali Yildirim ma'lum qilganidek, Iroq shimolidagi Bashik lagerida joylashtirilgan Turkiya harbiy kontingenti terrorchilarga qarshi kurashish maqsadida shu yerda qoladi.
Mo‘sul Iroqning 500 mingdan ortiq fuqarosi istiqomat qiluvchi shahri bo‘lib, IShID terrorchilik guruhi uni o‘zining Iroqdagi poytaxti deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025