Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klinton: Trampning musulmonlar haqidagi so‘zlari "terrorchilar uchun hadyadir"
AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton Trampning musulmonlar haqida bildirgan fikrlarini "uzoqni ko‘ra olmaslik" va "xavfli" deya baholagan hamda u "terrorchilar uchun sovg‘a" bo‘lishini ta'kidlagan. Klinton Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp bilan o‘tkazgan navbatdagi debatida shunday so‘zlarni aytgan.
Telebahslarda qatnashgan Klintonning yodga olishicha, AQSh ko‘plab musulmon mamlakatlar bilan IShIDga qarshi koalitsiyani tashkil etgan.
"Hozirda ushbu davlatlar Donaldning so‘zlarini eshitayapti va o‘zlariga savol bermoqda: "Biz nima uchun amerikaliklar bilan hamkorlik qilishimiz kerak?". Bu IShID va terrorchilarga berilgan sovg‘adir… Biz Islom bilan urushmaymiz", — degan Klinton Missuri shtati Sent-Luis shahrida bo‘lib o‘tgan telebahsda.
Avvalroq, Tramp musulmonlarni AQSh kirishidan avval "jiddiy tekshirish" zarurligi, chunki ularning aksariyati terrorchilar bilan aloqador bo‘lishi ehtimoli borligi sabab shunday qilish kerakligini aytgan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025