Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi
2016 yil 10 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida Qozog‘iston tomonining tashabbusi bilan telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Davlat rahbarlari yaqinda oliy darajada o‘tgan uchrashuvlar chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini muhokama etishgandi.
Tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston delegatsiyalari turli darajadagi amaliy tashriflarining yakunlariga, ustuvor yo‘nalishlarda muhim tijorat shartnomalari tuzilganiga yuqori baho berishdi.
Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev qator mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari o‘zaro manfaatli barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish, do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash to‘g‘risida kelishib oldilar.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025