Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Google Drive, Dropbox va OneDrive xizmatlari to‘sib qo‘yildi
Turkiya hukumati Google Drive, Dropbox va OneDrive kabi bulutli xizmatlarini to‘sib qo‘yishga qaror qilgan. Bunga, prezident Erdo‘g‘anning kuyovi, energetika va tabiiy resurslar vaziri Berat Albayroqning elektron maktublari tarqalishining oldini olish maqsadida amalga oshirilgan.
Sentyabr oyida xakerlar 2000 yil aprelidan boshlab yozilgan 57,5 mingdan ortiq, jami 17 Gbaytlik ma'lumotlarni o‘g‘irlab, internet tarmog‘iga joylashtirgan edi. Hukumat tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari, yozishmalarning haqiqiyligini tasdiqlagan.
Ushbu xizmatlar dam olish kunlari to‘sib qo‘yilgan, deb yozgan Thenextweb.com nashri. Keyinchalik Google Drive xizmati tiklangan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025