Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uyali aloqa operatorini almashtirgan avstraliyalik kishidan 170 ming dollar talab qilindi
Avstraliyaning Kvinslend shtatida istiqomat qiluvchi kishi uyali aloqa operatorini o‘zgartirishga qaror qilganidan so‘ng unga 170 ming Avstraliya dollari (taxminan 129 ming AQSh dollari) hisobini taqdim etishdi. Bu haqida 10 oktabrda The Sydney Morning Herald nashri ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Marrey Klod dastlab Telstra telekommunikatsiya kompaniyasi bilan uy interneti va uyali aloqa xizmatlarini taqdim qilishga doir shartnoma imzolagan. Biroq firma taqdim qilgan internetga ulanish tezligi haddan ziyod pastligi tufayli Avstraliya fuqarosi provayderni o‘zgartirishga qaror qilgan.

Klod o‘zining avvalgi raqamini saqlagan holatda boshqa operator bilan shartnoma tuzmoqchi bo‘lganida qarz sababli Telstra'dan rad javobini olgan. Klodning so‘zlariga ko‘ra, u barcha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirgan. Firma vakilining ta'kidlashicha, kompaniya mazkur ish yuzasidan tergov ishi olib borgan, biroq hozircha bu qarz sababini aniqlashga muvaffaq bo‘lmagan.
Mavzuga oid
15:07 / 05.05.2025
Yirik qarz oluvchilar uchun alohida qoidalar ishlab chiqiladi
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
12:01 / 30.04.2025
Rossiyada mikromoliya tashkilotlaridan qarz olgan fuqarolar soni 10 mlnga yetdi
21:25 / 28.04.2025