Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroguruh Gretsiyaga 1,1 mlrd yevro ajratilishini ma'qulladi
Gretsiya moliya vazirligi Yevroguruh 10 oktabrda Gretsiyaga zudlik bilan 1,1 mlrd yevrolik transhni to‘lashni ma'qullagani, qolgan 1,7 mlrd yevro esa 24 oktabrda ajratilishini ma'lum qildi.
May oyida xalqaro kreditorlar (Yevrokomissiya, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Yevropa Markaziy banki va Yevropa barqarorlik mexanizmi) Gretsiya tomonidan islohotlarning amalga oshirilishining borishiga dastlabki baho berishni yakunladi va Gretsiyaga moliyaviy yordamning uchinchi paketi – 10,3 mlrd yevrodan to‘lanadigan navbatdagi transh miqdorini belgilab oldi. Bu qiymatdan iyunda 7,5 mlrd yevro ajratib bo‘lingan.
Kreditorlarning aytishicha, qolgan 2,8 mlrd yevro Gretsiyaga u tomondan 15 ta shart, jumladan, xususiylashtirish, energetika, banklarni boshqarish sohasidagi islohotlar bajarilgandan keyin ajratiladi. Bir necha kun avval Gretsiya parlamenti ushbu 15 ta shartni bajarish bo‘yicha qonunlar qabul qildi.
Gretsiya moliya vazirligining aytishicha, qolgan 1,7 mlrd yevro davlatning qarzlarini to‘lashga sarflanishi kerak.
Mavzuga oid
16:13 / 29.04.2025
Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi
15:23 / 01.03.2025
Gretsiyada yirik poyezd avariyasining ikki yilligi munosabati bilan namoyishlar bo‘lib o‘tdi
01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi
15:35 / 27.01.2025