Jahon | 00:10 / 11.10.2016
15209
2 daqiqa o‘qiladi

Putin va Erdo‘g‘anning muzokaralari deyarli ikki soat davom etdi

Foto: ©RIA Novosti/Aleksey Drujinin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 10 oktabrda 1 soat 40 daqiqa davom etgan muzokaralar o‘tkazdilar. Bu haqda HaberTurk nashri xabar bermoqda. 

Avvalroq Kremlda ikki davlat yetakchisi uchrashuvida gap ikki tomonlama munosabatlarning yaxshilanishi, Suriyada terrorchilikka qarshi kurash haqida borishi ta'kidlab o‘tilgandi.   

Eslatib o‘tamiz, bu uchrashuv Putin va Erdo‘g‘anning Anqara va Moskva o‘rtasida Suriyada Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirilishi sababli yuzaga kelgan nizodan keyingi birinchi uchrashuvi bo‘lmayapti. Ular o‘rtasidagi bunday birinchi uchrashuv avgustda bo‘lib o‘tgandi, unda Erdo‘g‘an urib tushirilgan samolyot uchun kechirim so‘ragan. 

10 oktabrdagi uchrashuvdan keyin 2019 yilgacha "Turk oqimi" gaz quvurining birinchi ikkita quvurini ishga tushirish bo‘yicha kelishuv imzolanishi kutilmoqda.

 

Mavzuga oid