Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikadagi omborxonadan Ikkinchi jahon urushiga taalluqli maxfiy texnologiyalar topildi
Amerikadagi omborxonadan Norden M bomba nishonlari topildi. Mazkur texnologiya Ikkinchi jahon urushi va Vetnamdagi urushda faol qo‘llangan, biroq ko‘p yillar davomida sir tutilgan. Bu topilma haqida Gizmodo nashri xabar berdi.
Omborxona Oklaxoma-Sitida istiqomat qiluvchi Deyl Byurendga tegishli bo‘lgan. Amerikalik kishi 1953 yildan buyon dastgoh sifatida foydalangan kapsulalar ko‘rinishidan metall bochkalarga o‘xshar edi. Keyinchalik ular Dallasda joylashgan Commemorative Air Force notijorat tashkilotiga topshirilgan. Bu shaharda joylashgan harbiy eksponatlar muzeyi xodimlari kapsulalarni ochishdi va u yerda ikkita bomba nishonini topishdi.
Manbaga ko‘ra, Norden M qurilmalari, amerikalik harbiylarning ishonchiga qaramay, u qadar aniqlikka ega bo‘lmagan. Muhandisning g‘oyasi nishonga olish jarayonini avtomatlashtirishdan iborat bo‘lgan. Buning uchun ishlab chiqaruvchilar parvoz shartlari asosida bomba zarbi beriladigan nuqtani ko‘zlovchi kompyuter analogidan foydalanishgan.
Texnologiyalar o‘sha paytlarda pinhona ishlab chiqarilgan, biroq hozirda Norden M tizimi juda eskirgan. Uni oxirgi marta 1967 yilda qo‘llashgan.
Mavzuga oid
08:03 / 25.03.2025
Amerika samolyoti uchuvchining pasporti yo‘qligi sababli AQShga qaytishga majbur bo‘ldi
14:29 / 05.03.2025
Xitoyda Buyuk Xitoy devoridan ham qadimiyroq devor topildi
18:36 / 20.02.2025
Misrda 100 yil ichida ilk bor fir’avn qabri topildi. Unda Tutmos II dafn etilgan
16:05 / 30.11.2024