Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari reytingi taqdim etildi
Jahon iqtisodiyot forumi (JIF) ekspertlari dunyoning eng xavfsiz mamlakatlari nomini aniqlashdi. 141 davlatdan iborat reytingda yetakchilik Finlyandiyaga nasib etdi. Bu haqida JIF hisobotida ma'lum qilindi.
Ikkinchi o‘rinni Qatar egalladi. Eng xavfsiz mamlakatlar reytingidagi uchlikka BAA yakun yasadi. Ro‘yxatdagi to‘rtinchi va beshinchi pog‘onalarni Islandiya va Avstriya mamlakatlari egallashdi.
Reytingning birinchi o‘nligidan shuningdek Lyuksemburg, Yangi Zelandiya, Singapur, Omon va Portugaliya mamlakatlari joy oldi. Ro‘yxatdagi oxirgi o‘rin Nigeriyaga berildi.
Mazkur ro‘yxatni tuzishda mamlakatdagi jinoyatchilik, terrorizm, aholining davlat idoralariga ishonish darajasi, huquq-tartibot xodimlarining fuqarolarni himoya qila olish xususiyati va shu kabi boshqa omillar inobatga olingan.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
12:04 / 22.04.2025