Jahon | 17:40 / 12.10.2016
13669
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya: AQSh Yaqin Sharqda chorasizlikda

Foto: AP

AQShning Yaqin Sharqdagi siyosati uzoq muddatga mo‘ljallanmagani uchun amerikaliklar chorasiz qolishgan. Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘'mon Kurtulmush shunday bayonot bermoqda. 

"AQSh Yaqin Sharqdagi ittifoqchilarini o‘zgartirib, raqobatchilarini dushmanidek baholamoqda. Bularning bari tashqi siyosat nuqtai nazaridan mumkin, ammo bu kabi harakatlar sababini bilish yaxshi bo‘lar edi. Bu amerikaliklarning uzoqqa mo‘ljallangan rejasi natijasi deb o‘ylamayman. Ular bugungi kunda chorasiz bo‘lib, siyosatini goh u tomonga goh bu tomonga tashlamoqda", — degan Kurtulmush Anadolu agentligiga bergan intervyusida.

AQSh va Turkiya Suriyada jiddiy qarama-qarshiliklarga duch kelmoqda. Bunga, Vashingtonning Suriyadagi kurdlar Demokratik ittifoqi partiyasini qo‘llab-quvvatlashi sabab bo‘layapti. Rasmiy Anqaraning fikricha, bu partiya terrorchilik tashkilotidir. U, Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi bilan aloqador. 

Mavzuga oid