Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada 2015 yilda o‘lim darajasi so‘nggi 70 yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi
Fransiyada 2015 yilda olamdan o‘tganlar soni 594 ming kishini tashkil etdi. Bu 1946 yildan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bu haqda Fransiyaning Insee statistika instituti e'lon qilgan ma'lumotlarda keltirilgan.
Bu mamlakatda o‘lim darajasi 2014 yil bilan taqqoslaganda 6,1 foizga oshganini ko‘rsatadi.
"2015 yili Fransiyada 594 ming kishi hayot bilan vidolashdi, bu urushdan keyingi yillar ichida eng yuqori ko‘rsatkichdir… Bunga ikkita sabab bor: birinchisi Fransiya aholi strukturasi, ikkinchisi esa yanvar o‘rtasidan mart oyi o‘rtasiga qadar cho‘zilgan gripp epidemiyasi hamda iyul va avgust oylaridagi jazirama issiqlar", — deyiladi Insee hisobotida.
2015 yilda mamlakatda o‘lim holati eng ko‘p qayd etilgan oy sifatida fevral keltiriladi, o‘shanda har kuni 2049 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Eng past ko‘rsatkich esa avgustga to‘g‘ri keladi — bir kunda 1477 kishi.
Mazkur ma'lumotlarda ko‘rsatilishicha, urushdan so‘ng Fransiyada o‘lim darajasi eng kam qayd etilgan yil 1961 yil bo‘lib, o‘sha yili 500289 kishi olamdan o‘tgan.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025