Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning eng badavlat kishisi aniqlandi
Xitoyda mamlakatning eng badavlat kishisi aniqlandi. Bu haqida XXRning badavlat kishilar reytingini chop etuvchi Hurun Research Institute tadqiqot tashkilotining ma'lumotiga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Xitoyning eng badavlat kishisi - Dalian Wanda Group kompaniyasi rahbari 62 yoshli Van Tszyanlin bo‘lib, uning boyligi 32,1 milliard dollarga baholangan.
Van Tszyanlin 2013 hamda 2015 yillarda ham Xitoyning eng badavlat kishisi deya tan olingan. 2013 yilda uning moliyaviy holati 22 milliard dollarga baholangandi.
Reytingdagi ikkinchi o‘rinni Xitoyning eng yirik Alibaba Group internet-kompaniyasining asoschisi va rahbari Jyek Ma egallagan. Uning moliyaviy holati 30,6 milliard dollarga baholangan. Uchinchi o‘rinda - Tencent telekommunikatsion kompaniyasining asoschisi Ma Xuaten bo‘lib, uning boyligi 24,6 milliard dollarga baholangan.
To‘rtinchi o‘rinda ko‘chmas mulk sohasida faoliyat olib boruvchi Baoneng Group kompaniyasining 45 yoshli rahbari Yao Chjenxua nomi qayd etilgan. Uning moliyaviy ahvoli 17,2 milliard dollarga baholangan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab xitoylik milliarderlarning soni 754 nafarni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025