Sport | 09:22 / 13.10.2016
6244
1 daqiqa o‘qiladi

Rim papasi tashabbusi bilan Maradona, Ronaldino va Totti ishtirokida xayriya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi 

Rim shahrida «Tinchlik o‘yini» nomi ostida Rim Papasi Frantsisk tashabbusi bilan ikkinchi marta xayriya uchrashuvi tashkil etildi. 

Unda braziliyalik Ronaldino va Argentina futbol afsonasi Diyego Maradona boshchiligidagi ikki jamoa o‘zaro uchrashdi.

Uchrashuv 12 oktabr kuni Rimdagi "Olimpiko" stadionida o‘tkazildi va  Ronaldino boshchiligidagi «Oqlar» jamoasi  Maradonaning «Ko‘klar» jamoasini 4:3 hisobida yengdi.

G‘oliblar safida Kanute (5-daqiqa), Boyan Krkich (34), Ernan Krespo (67) va  Fernando Kavenagi (78) gollarga mualliflik qilgan. «Ko‘klar» safida esa Antonio Di Natale (2), Franchesko Totti (22) hamda Nikolas Burdisso (68) bittadan gol urgan.

Ushbu xayriya uchrashuvidan yig‘ilgan mablag‘lar gumanitar maqsadlarda sarflanadi. Mablag‘ning asosiy qismi 24 avgust kungi zilziladan jabrlangan italiyaliklar uchun yo‘naltiriladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid