Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada muxolifat vakillari uyushtirgan namoyish prezident tarafdorlari qarshiligiga uchradi
Venesuelada mamlakat prezidenti Nikolas Maduro tarafdorlari va muxolifat vakillari o‘zaro to‘qnashishi oqibatida bir necha kishi jarohat oldi. Muxolifat vakillari bo‘lgan minglab kishilar prezidentning muddatidan oldin vakolatlarini topshirishi bo‘yicha referendum o‘tkazilishi talab qilib, namoyishga chiqqanida prezident tarafdorlari ularni qarshi olgan.
Maduro siyosatiga qarshi kishilar Villa Roza shahri ko‘chalaridan o‘tishayotganida Maduro tarafdorlari ularga tashlangan.
Namoyishlar Maduroning iste'fosi bo‘yicha referendum uchun imzolar to‘planishi boshlanishi arafasida bo‘lib o‘tdi. Shartga ko‘ra, referendum o‘tkazilishi uchun 23 viloyatning har birida saylash huquqiga ega qatlamning kamida 20 foizi referendum o‘tkazilishi uchun ovoz berishi kerak. Imzolar to‘planishi jarayoni 26-28 oktabr kunlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025