Jahon | 08:00 / 14.10.2016
7757
1 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asad: Ar-Riyod Eron bilan munosabatlarni uzish evaziga yordam taklif qildi

Foto: Press-slujba Bashara Asada

Saudiya Arabistoni rasmiy Damashq Eron bilan har qanday aloqasini uzsa, Suriya mojarosida yordam berishni taklif qilgan. Bu haqda Suriya prezidenti Bashar Asad «Komsomolskaya pravda» gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni podshohligi «Eronni har jabhada butunlay vayron qilishni xohlamoqda».

«Agar biz Eron bilan barcha aloqalarni to‘xtatib, munosabatlarni buzganimizni e'lon qilsak, saudiyaliklar menga yordam berishini aytishdi. Juda sodda va bevosita tarzda», — degan Asad. Uning aytishicha, Saudiya urush boshlanishida shunday taklif bilan chiqqan. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid