Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun.uz yana TAS-IX tizimida faoliyat yurita boshladi
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni xolis yetkazib beruvchi, mamlakatdagi eng sermahsul va tezkor axborotlar sayti bo‘lmish Kun.uz yana TAS-IX tizimida faoliyat yurita boshladi.
Endi foydalanuvchilar tezkor va xolis axborotga ega bo‘lish bilan birga mablag‘larini ham tejashga muvaffaq bo‘ladi.
Kun.uz sayti o‘z o‘quvchilariga yanada qulaylik tuhfa etish maqsadida O‘zbekistonda eng ommaviy bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda o‘z guruh va sahifalariga ega. “Odnoklassniki”, Facebook, Instagram va Twitter ijtimoiy tarmoqlari hamda Telegram messenjeri shular sirasidan.
Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, ushbu ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjeridagi o‘quvchilar soni O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi boshqa saytlar bilan solishtirganda ko‘proq va salmoqliroqdir.
Ayni kunlarda Kun.uz’ning mobil ilovasi yangi ko‘rinishda ishlamoqda. Ilovani quyidagi manzildan ko‘chirib olishingiz mumkin.
Bundan tashqari, yaqin kunlardan buyon sayt o‘zbek (kirill va lotin yozuvi asosida), rus va ingliz tilida ham o‘z ish faoliyatini olib bormoqda.
Bir so‘z bilan aytganda xolis va tezkor axborot olishni istagan har bir o‘quvchi hech ikkilanmay Kun.uz’ni tanlamoqda.
Saytni kuzatishda davom eting! Sayt xodimlari esa o‘z o‘quvchilariga xolis va tezkor axborot yetkazishda davom etadi.
Mavzuga oid
20:16 / 29.01.2025
Kun.uz – O‘zbekistonda eng ko‘p iqtibos keltiriladigan OAV
15:00 / 21.12.2024
Kun.uz'ning YouTube'dagi obunachilari soni 3 milliondan oshdi
19:48 / 25.09.2021
Komron Chegaboyevga baxt tilaymiz!
14:59 / 21.09.2021


