Jamiyat | 08:10 / 14.10.2016
18213
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada birinchi qor yog‘di

Suratlar manbasi: Instagram.com

Rossiya poytaxti Moskva shahrida birinchi qor yog‘di, deb xabar qilmoqda «Gazeta.Ru».

Shahardagi havo harorati Tselsiy shkalasi bo‘yicha +1°C darajani tashkil etgan.

Sinoptiklarning ma'lumotlariga ko‘ra, Moskva shahridagi bu yilgi qish mavsumi o‘tgan yilgidan sovuqroq kelishi mumkin. 13 oktabrda shuningdek, Moskva viloyatida ham birinchi qor yoqqani xabar qilingan edi. O‘tgan yili Moskvada birinchi qor 7 oktabrda yoqqan edi.

Eslatib o‘tamiz, 13 oktabr kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, xususan Qamchiq dovonida qor yoqqani haqida xabar qilingan edi. 

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid