Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Putinni «KGBning sobiq rahbari» deb atadi
AQSh prezidenti Barak Obama, respublikachilarni tanqid qilish chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning avvalgi lavozimi borasida xato qildi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
Obama respublikachilarni, ular doimo Rossiyaga nisbatan qat'iy pozitsiyada bo‘lgani, ammo bu safar Donald Tramp nomzodini ilgari surgani uchun tanqid qilgan. Chunki Tramp, Amerika yetakchisining fikricha, Putinni «namuna olishga arziydigan inson» deb biladi.
«Siz — tashqi siyosat masalalarida keskin qarashlarga ega va Rossiyaga qarshi chiqadigan partiya bo‘lgan holda, KGBning sobiq rahbari bo‘lgan Vladimir Putinga o‘xshashga urinadigan Tramp nomzodini ilgari surdingiz», — degan Obama, bu holatni achinarli deya baho berar ekan.
Ma'lumki, Vladimir Putin KGB rahbari bo‘lmagan, ammo 1998–1999 yillarda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025