Ramzon Qodirov: Yemelyanenko qiziga hujum qilgan qattiq va oshkora jazolanishi kerak
Rossiya MMA ittifoqi prezidenti Fyodor Yemelyanenkoning qiziga hujum qilgan shaxsga beriladigan jazo, qat'iy, hissiyotli va oshkora bo‘lishi darkor. Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Yemelyanenkoning qiziga uyushtirilgan hujum borasida shunday fikrlarni bildirgan.
"Bu, jiddiy ravishda tergov olib borishni talab qiluvchi, aybdorlarni esa, qonun doirasida qattiq jazolash lozim bo‘lgan, kishini g‘azablantiradigan voqea. Bunda, nafaqat, qizni urganlik uchun sud qilish kerak, balki millatlararo fitna qo‘zish maqsadi uchun ham mahkama oldida javob berishi lozim", — deyiladi Checheniston hukumati saytida e'lon qilingan bayonotda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qizga, uning kimni qizi ekanini bilgan holda, qasddan hujum qilishgan.
"Shunchaki urish, jismoniy og‘riq yetkazish yoki tunash maqsad qilinganiga ishonish qiyin. Katta ehtimol bilan keng jamoatchilik orasida salbiy munosabat uyg‘otish vazifasi turgan", — deb qayd etgan Qodirov.
Shu bilan birga, Qodirov hujum qilganni "haqiqiy shayton", deb, uning uchun "bu dunyoda muqaddas narsa yo‘q"ligini ta'kidlagan.
"Ushbu muammo bilan nafaqat huquq-tartibot idoralari, balki keng jamoatchilik va joylardagi mahalliy hukumatlar jiddiy shug‘ullanishi lozim. Aks holda, har bir bolaga qurollangan qo‘riqchi qo‘yishga to‘g‘ri keladi", — deyiladi bayonotda.
Ramzan Qodirov, shuningdek, Yemelnenkoning qiziga tezroq sog‘ayib ketishni tilagan.
Avvalroq, Fyodor Yemelyanenkoning voyaga yetmagan qizi, unga hujum qilingani oqibatida shifoxonaga yotqizilgani, 13 oktabrda shoshilinch Bolalar jarrohligi va travmatologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti qizga javob bergani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
14:56 / 17.11.2024
Ijrosini 11 yil kutgan “hukm”: 18 yoshli chechen qizni zo‘rlab o‘ldirgan rossiyalik zobit taqdiri haqida
15:10 / 12.11.2024
Zarema Musayevaga nisbatan yangi jinoiy ish ochildi
12:27 / 06.11.2024
«Memorial» Chechenistonda erkaklar ommaviy qo‘lga olinayotganini ma’lum qildi
18:15 / 02.11.2024